Bosniya va Gersegovina JCH-2026 uchun yakuniy tarkibini e’lon qildi

  • Mr.NoBoDy 11.05.2026 22:55
  • 104
  • 30

Bosniya va Gersegovina terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Barbares JCH-2026 uchun jamoa tarkibini e’lon qildi. Qaydnomaga 26 nafar futbolchi kirdi.

Darvozabonlar: Nikola Vasil ("Sankt-Pauli"), Martin Zlomislich ("Riyeka"), Osman Xadjikich ("Slaven Belupo");

Himoyachilar: Sead Kolashinas ("Atalanta"), Amar Dedich ("Benfika"), Nixad Muyakich ("Gaziantep"), Nikola Katich ("Shalke"), Tarik Muxaremovich ("Sassuolo"), Stepan Radelich ("Riyeka"), Dennis Xadjikadunich ("Sampdoriya"), Nidal Chelik ("Lans");

Yarim himoyachilar: Amir Xadjiaxmetovich ("Xall"), Ivan Shunich ("Kipr"), Ivan Bashich ("Astana"), Djenis Burnich ("Karlsrue"), Ermin Maxmich ("Slovan"), Benyamin Taxirovich ("Brondbyu"), Armin Gigovich ("Yang Boyz"), Kerim Alaybegovich ("Red Bull Zalsburg"), Esmir Bayraktarevich ("PSV");

Hujumchilar: Ermedin Demirovich ("Shtutgart"), Yovo Lukich ("Universitatya Kluj"), Samed Bajdar ("Yagelloniya"), Xaris Tabakovich ("Borussiya Menxengladbax"), Edin Jeko ("Shalke").

Yana 9 nafar futbolchi zaxira ro‘yxatidan joy oldi.

Ўхшаш янгиликлар