Niko Uilyams JCH-2026'dan 1 oy oldin jarohat oldi

  • Mr.NoBoDy 11.05.2026 15:56
  • 475
  • 30

"Atletik" vingeri va Ispaniya terma jamoasi a'zosi Niko Uilyams "Valensiya"ga qarshi (1:0) o'yinda maydonni jarohat bilan tark etdi.

U 35-daqiqada almashtirildi. "Marca" xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchi "bo'lishi mumkin emas, bo'lishi mumkin emas", deya maydondan chiqib ketgan.

Uilyams chap sonining orqa qismiga muz qo'ygan holda kiyinish xonasiga yo'l olgan.

Futbolchi jarohat tufayli 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatidan qolib ketishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар