Madrid meri: "UEFA "Atletiko"ni YCHL finalida ko'rishni istamasligini ochiq-oydin bildirdi"

  • Mr.NoBoDy 06.05.2026 17:32
  • 639
  • 30

Madrid meri va "Atletiko" muxlisi Xose Luis Martines-Almeyda "matraschilar"ning Chempionlar Ligasidan chiqib ketgani haqida gapirdi.

Diego Simeone jamoasi turnirning yarim final javob bahsida "Arsenal"ga imkoniyatni boy berdi (0:1, ilk o'yin – 1:1).

"Qur'a natijalarini ko'rganimda, biz "Arsenal"ga tushdik deb o'ylagandim, lekin adashgan ekanman – biz UEFAga qarshi tushdik. UEFA esa "Atletiko"ni Chempionlar Ligasi finalida ko'rishni istamasligini ochiq-oydin bildirdi.

Ispaniya va Germaniya Chempionlar Ligasiga 5 ta jamoa olib chiqish uchun kurashayotgan bir paytda, o'yinga germaniyalik hakam tayinlangani aqlga sig'maydigan holat", – dedi Martines-Almeyda.

Uchrashuv bosh hakami Daniel Zibert edi.

Ўхшаш янгиликлар