Diego Simeone kechagi mag'lubiyat haqida fikr bildirdi

  • Mr.NoBoDy 06.05.2026 07:56
  • 652
  • 30

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar Ligasi 2025/2026 yilgi mavsumi yarim finalida "Arsenal"dan (1:1, 0:1) mag'lub bo'lib, musobaqadan chiqib ketishi haqida fikr bildirdi.

"Biz juda yaxshi harakat qildik. Barcha kuchimizni berdik. Biz kutganimizdan ham uzoqroqqa bordik. Afsuski, hamma narsa shunday yakun topdi. Biz qo'shimcha vaqt o'ynashga loyiq edik. Birinchi o'yinda golli vaziyatlar bo'ldi, lekin ularni golga aylantirolmadik. Londondagi o'yinning ikkinchi taymida biz raqib maydonida ko'proq vaqt o'tkazdik va imkoniyatlar yaratdik. Lekin bazida mayda narsalar sen tomonda bo'lmaydi.

"Arsenal"ni tabriklayman, ular yaxshi kurashdi. Menga ularning jamoasi va murabbiyi yoqadi. Ularda doimiy yondashuv va jiddiy moliyaviy resurslar bor. Ularni tabriklayman. Biz esa ishlashni davom ettiramiz va aniq bir detalga o'ralib qolmaymiz", - dedi Simeone Marca nashriga.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar