
Hozirda APLning bir qator klublari bilan potencial transfer bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 32 yoshli hujumchi Italiyada faoliyatini davom ettirishni xohlagan. "Milan" va "Inter" bilan dastlabki suhbatlar o'tkazilgan, biroq klublar uning o'tishiga qiziqish bildirmagan. Shu sababli Lukaku Angliyaga qaytish imkoniyatlarini o'rganmoqda. U avval "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Everton" va "Vest Bromvich Albion" klublarida o'ynagan.
Takidlanishicha, "Napoli" futbolchini 23 million evroga sotib yuborishga tayyor.