
«Al-Qodisiya» bosh murabbiyi Brendan Rodjers Saudiya Arabistoni chempionatining 31-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan «An-Nasr»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ronaldu fantastik mavsumni o‘tkazmoqda, biroq «An-Nasr» faqatgina Krishtianudan iborat emas. U yerda Sadio Mane bor — u Premyer-ligada men duch kelgan eng yaxshi futbolchilardan biri. Shuningdek, juda tezkor bo‘lgan Kingsli Koman va ularning ortida o‘yinni boshqaradigan Joau Feliks bor. Biz juda ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak», — dedi Rodjers.
Ayni damda «An-Nasr» 79 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Rodjers boshchiligidagi «Al-Qodisiya» esa 65 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Ikki jamoa o‘rtasidagi bahs yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.