Enrike "Bavariya"ga qarshi o'yindan keyingi tanqidlar haqida: "Har bir fikr hurmatga loyiq emas"

  • Mr.NoBoDy 02.05.2026 08:08
  • 288
  • 30

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar Ligasi yarim finalining birinchi o'yinida "Bavariya"ga qarshi (5:4) o'tkazilgan uchrashuv bo'yicha salbiy fikrlar haqida gapirdi.

"Bu hayotdagidek - fikrlar hamma joyda bor. Men har bir fikr hurmatga loyiq emas, deb hisoblayman, chunki agar bu axmoqona fikr bo'lsa, uni hurmat qilishing shart emas… Shunday futbolni yoqtiradigan odamlar bor - ular ko'pchilikni tashkil etadi va men ham ularning safidaman. Lekin bazilarga bu yoqmaydi. Men esa ko'pchilik o'yindan zavq olganiga ishonaman va bu eng muhimi.

Agar boshqa o'yinlarga qaraydigan bo'lsak, bu mavsumning eng yuqori intensivlikdagi o'yini bo'ldi, shunday emasmi? Emociyalar jihatidan hamma narsa boshqacha - o'zing nazorat qila olmaydigan narsalardan ko'proq charchaysan", - dedi Enrik.

PSJ va "Bavariya" o'rtasidagi javob o'yini 6 may kuni Myunxenda bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар