Lui Saa: "Retkliffdan Kerrikning qolishini so'ragan bo'lardim"

  • Mr.NoBoDy 02.05.2026 00:56
  • 3044
  • 30

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Lui Saa klub rahbariyatiga Mayl Kerrikning jamoada qolishi kerakligini aytdi.

"U ayni damdagi jamoa futbolchilariga mos bo'lgan oddiylik va birdamlikni taqdim qildi. U jamoaga kelganidan keyin: "Mana bu mening o'yin uslubim", deb aytgani yo'q. U boshqacha yo'nalish bilan jamoaga keldi va bunda ko'proq futbolchilarning qulayligini va maksimal natija ko'rsatishga harakat qilishini istadi. U futbolchilarning o'zini kuchli tomonlarini ko'rsatish uchun juda oddiy yo'lni tanlab berdi va shu orqali raqibdan soniyaga oldinroq bo'lishini taminladi.

Ikkinchi kuchli va muhim tomoni shundaki, klub bu holatni chuqur o'rganib, tushunishi kerak: "Mana bu ishimiz yaxshi bo'ldi va natijalar qo'lga kiritildi". Bu esa hali klubni bilmaganlarga va bilganlarga ham ishonch taqdim qildi.

Ser Jim Retkliffdan Kerrik bilan shartnomani uzaytirib, unga poziciyalarini kuchaytirib berishini so'rab qolgan bo'lardim. Chunki murabbiylar qo'llab-quvvatlovi uchun qilib beriladigan transferlar ushbu jamoaning o'sishiga xizmat qilishi shubhasiz va bu mantiqan to'g'ri qaror ham bo'ladi", - dedi Saa.

Ўхшаш янгиликлар