Raja Nainggolan: "Maktomini menga yoqmaydi. Eng zo'ri Dembele bo'lgan"

  • Mr.NoBoDy 02.05.2026 00:24
  • 297
  • 30

"Roma" sobiq futbolchisi Raja Nainggolan "Napoli"da porlayotgan Skott Maktominini yoqtirmasligini aytdi.

"U menga yoqmaydi. U o'yindan ko'p gol uradi, 12, 13, 14-gollarini ham urdi. Biroq vaziyatlar yaratishda unda etarlicha texnika yo'q. U normal darajadagi futbolchi. O'zimning eng yaxshi yillarimda undan va Chalxanogludan ham yaxshiroq edim, biroq Barellani o'zimdan yuqoriroqqa qo'yaman.

De Bryuyne bilan ikki xil toifadagi futbolchilarmiz, biroq u menga yoqadi. U boshqalar ko'rmaydigan narsalarni ko'rardi. Uni ham o'zimdan ustunroq ko'raman.

Rabodan men yaxshiroq edim, Kone bilan bir ligada o'ynamaganmiz. Modrich esa doimo dunyoning eng yaxshilaridan biri bo'lgan.

Men uchun eng yaxshi yarim himoyachi - Mussa Dembele. Undan keyin Xavi va Inestani qo'ygan bo'lardim", - dedi "Roma" sobiq yarim himoyachisi.

Ўхшаш янгиликлар