
«Barselona» va «PSJ» klublarining sobiq hujumchisi, 2022 yilgi jahon chempioni Lionel Messi faoliyati davomida qatnashgan final o‘yinlari sonini bilmasligini ma’lum qildi.
– Siz nechta finalda ishtirok etganingizni bilasizmi?
– Rostini aytsam, yo‘q.
– Demak, siz jami 43 ta finalda qatnashgansiz. Bir necha kun oldin futbol tarixida finallarda eng ko‘p gol urgan va klub miqyosida eng ko‘p sovrin yurtgan o‘yinchi ekanligingiz haqida o‘qidim. Siz shunchaki «yirtqich»siz.
– Men raqobatni yaxshi ko‘radigan insonman. G‘alaba qozonishni xush ko‘raman, shuning uchun shunchaki harakat qilaman. Doimo harakat qilaman, — deya Messining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Touchline akkaunti o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.