
Qayd etilishicha, Proliganing 6-turidan o'rin olgan “Yaypan” – “G'azalkent” (1:2) uchrashuvidagi bahsli vaziyat ekspertlar tomonidan ko'rib chiqilgan.

80-daqiqada hujumchiga nisbatan qo'pollik sodir etilganiga qaramay, bosh hakam tomonidan qoidabuzarlik belgilanmagan. Shuningdek, Rustam Choriev o'yin davomida bir qator xatolarga yo'l qo'yib, o'yin muvozanatini saqlay olmagani qayd etildi.
Ekspert hakamlar guruhi xulosasiga asosan Rustam Choriev vaqtinchalik Superliga va Proliga uchrashuvlaridan chetlatildi.