"G'azalkent" futbolchisi Argentina klubiga yo'l oldi

  • Mr.NoBoDy 01.05.2026 16:56
  • 275
  • 30

17 yoshli hujumchi Janubiy Amerikaning nomdor klublaridan biri safida tajriba orttirish uchun Buenos-Ayresga yo'l oldi.

“G'azalkent” klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, Vlad allaqachon belgilangan manzilga yetib borib, San-Lorensoning asosiy tarkibi bilan mashg'ulotlarga kirishdi.

Rossiya fuqaroligiga ega, bo'yi 190 sm bo'lgan baquvvat hujumchi 2025-yilning dekabr oyidan buyon jamoa bilan birga mashg'ulotlar o'tkazib kelmoqda. Nabatov hali 18 yoshga to'lmagani sababli, jamoa uni faqatgina ikkinchi davradan boshlab Proligada ro'yxatdan o'tkaza oladi. Shu sababli, ayni damda uning mahoratini oshirish va xalqaro tajriba to'plashi uchun Argentinaga yuborishga qaror qilindi.

Bunday grand klubning asosiy tarkibi bilan birga ishlash - futbolchi uchun o'z iqtidorini ko'rsatish va jamoaga yanada kuchliroq bo'lib qaytish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Vladga Argentinaning Katta beshlik klubi yetakchilari orasida o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatishini tilab qolamiz! Ishonamizki, ushbu tajriba uning klubimizdagi faoliyatida katta rol o'ynaydi, deyiladi klub xabarida.

Ўхшаш янгиликлар