
Ro'yxatda "Bavariya" hujumchisi Harri Keyn birinchi o'rinda. Uning jamoadoshi Maykl Olise ikkinchi, "Barselona" vingeri Lamin Yamal esa uchinchi pog'onada.
Shuningdek, kuchli oltilikka Luis Dias ("Bavariya"), Erling Holand ("Manchester Siti") va Kilian Mbappe ("Real") kirdi. Ulardan keyin Usmon Dembele (PSJ), Deklan Rays ("Arsenal"), Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ) va Xulian Alvares ("Atletiko") bormoqda. "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi 13-o'rinda, "Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa 14-o'rinda.
2026 yilgi "Oltin to'p" marosimi sentyabr oyida tashkil etiladi va ananaga ko'ra Parijdagi Shatle teatrida bo'lib o'tadi. 2025 yilda mukofotni Dembele qo'lga kiritgan, Yamal esa ikkinchi pog'onani egallagan.