
19 yoshli futbolchi va uning rafiqasi birinchi farzandini kutmoqda. Juftlik o'g'illi bo'lishni istaydi.
"Umid qilamanki, o'g'lim futbolchi bo'lmaydi, balki huquqshunos, shifokor yoki boshqa kimdir bo'ladi. Futbol muhiti juda og'ir", – dedi Endrik.
Braziliyalik hujumchi yanvar oyidan beri ijara asosida "Lion"da o'ynab kelmoqda. U "Real"ga 2024 yilda qo'shilgan, ilgari "Palmeyras"da o'ynagan va u yerda 2 marta Braziliya chempionligini qo'lga kiritgan. Endrik "qaymoqranglilar" bilan UEFA Superkubogi va Qitalararo Kubogini yutdi.