"Yaypan" – "G'azalkent" bahsida ro'y bergan holat Liga Tartib-intizom qo'mitasida ko'rib chiqiladi

  • Mr.NoBoDy 01.05.2026 14:48
  • 357
  • 30

Kecha, 30 aprel kuni Proliga 6-turidan o'rin olgan “Yaypan” – “G'azalkent” (1:2) uchrashuvi O'zbekiston tumanida bo'lib o'tdi.

Uchrashuv yakunlanganidan so'ng mezbon klub muxlislari texnik zonani kesib o'tib, ommaviy ravishda maydonga tushib ketgan bo'lib, undagi barcha tafsilotlar Liga Komissari bildirgisida aks etgan.

Muxlislar uchrashuv hakamlariga nisbatan keskin etiroz bildirishga uringan. Shunga qaramay, jamoat tartibiga mas'ul xodimlar sai-harakatlari evaziga hakamlar xavfsizligi to'liq taminlangan. Uchrashuv rasmiylari, raqib jamoa a'zolari va texnik hududda bo'lgan boshqa shaxslarga tan-jarohatlari etkazish holatlari kuzatilmagan.

Mazkur masala Liga Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishida ko'rib chiqiladi.

Ўхшаш янгиликлар