
"Agar Janni shunday degan bo'lsa, bunga men ham qo'shilaman. Yaxshi o'ynashsin. Ehtimol, ularda kuchli jamoa bor", – dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarga.
Avvalroq Infantino Eron JCHda ishtirok etishini va o'yinlarini AQSHda o'tkazishini e'lon qilgandi.
Ma'lumot o'rnida, Eron Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan bir guruhda o'ynaydi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadi. Musobaqada birinchi marta 48 ta jamoa, jumladan, O'zbekiston ham ishtirok etadi.