39 yoshli Xalk faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi

  • Mr.NoBoDy 30.04.2026 10:40
  • 1369
  • 30

"Atletiko Mineyro" hujumchisi futbolchisi Xalk yaqin vaqtlar Ichida klubini o'zgartirishi mumkin.

Globo nashrining xabar berishicha, 39 yoshli hujumchi "Fluminense" vakillari bilan uchrashuv o'tkazgan va kelishuvga erishgan.

O'z navbatida, Xalkning agenti Marisa Aliya Atletikoning sport direktori Mario Bittenkur bilan uchrashib, shartnomani bekor qilish masalasini muhokama qilgan. Tomonlar o'rtasida deyarli barcha tafsilotlar hal etilgan.

"Fluminense" va futbolchi o'rtasidagi yangi shartnoma 2027-yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ma'lumot uchun, Xalk "Mineyro" bilan birga 2021 yilda Braziliya chempioni bo'lgan, shuningdek, 2021 yilda Braziliya Kubogi va 2022 yilda Braziliya Superkubogini qo'lga kiritgan.

Ўхшаш янгиликлар