
Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, jamoaning hozirgi asosiy darvozaboni Yan Zommer mavsum oxirida shartnoma muddati tugagach, klubni tark etadi. Shu bilan birga, klub Xosep Martinesning kelajagi bo'yicha hali qaror qabul qilmagan. Martines "Inter" safida asosan kubok o'yinlarida maydonga tushgan. Endi milanliklar darvozabon transferini kelishib olsa bo'ldi.
Gulelmo Vikario 2023 yilda "Empoli"dan 18 million evroga "Tottenxem"ga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda darvozabon "shporlar" safida barcha musobaqalarda 43 ta o'yin o'tkazib, 65 ta gol o'tkazib yuborgan va 13 ta uchrashuvda o'z darvozasidan gol olib chiqmagan.