
Bu haqda El Chiringuito TV efirida jurnalist Xosep Pedrerol ma'lum qildi. Manbaga ko'ra, klub Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamni ham ko'rib chiqmoqda.
Xabarlarga qaraganda, "qirollik klubi" hali ushbu nomzodlarning hech biri bilan aloqaga chiqmagan.
2025/2026 mavsumida "Real" ispaniyalik murabbiy Xabi Alonso boshqaruvida boshlagan edi. Yanvar oyida jamoani jamoaning sobiq himoyachisi, avval yoshlar jamoasini boshqargan Alvaro Arbeloa egallagan. Avvalroq uning mavsum oxirida ketishi haqida xabar berilgandi.