
Ushbu bahsda muxlislar naq 9 ta golga guvoh bo'lishdi.
- "Tavakkalchilik. Biz ko'p yillardan beri tavakkal qilmaydigan, oldinga o'tishdan qo'rqadigan jamoalar haqida gapirib kelayotgandik. Ko'pchilik o'yinni qanday yutish haqida emas, balki qanday qilib yutqazmaslik haqida o'ylaydigan bo'lib qolgandi.
Bugungi o'yin esa butunlay boshqacha bo'ldi. Har ikki jamoa tinimsiz tavakkal qildi. Agar siz ushbu bahsni himoyadagi harakatlar nuqtayi nazaridan tahlil qilsangiz, ko'rganlaringizdan aqldan ozishingiz mumkin. Lekin bu mening zarracha parvoyimga kelmaydi!
Biz bir-ikki yildan beri futbol zerikarli bo'lib qolganidan shikoyat qilardik. Bugungi o'yin esa aslo zerikarli bo'lmadi. Men bu bahsdan zavq oldim va o'ylaymanki, boshqalar ham xuddi shunday hissiyotlarni tuyishdi. Odatda bunday hisob ikki o'yin natijasiga ko'ra qayd etilardi, bugun esa haqiqiy "telbalik"ka guvoh bo'ldik", - dedi Anri CBS Sports efirida.