FIFA yosh tarbiyalanuvchilar bo‘yicha butun dunyo uchun yagona talab joriy etmoqchi

  • Mr.NoBoDy 29.04.2026 16:33
  • 338
  • 30

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) Kengashining Vankuverda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida, boshqa masalalar qatori, klublar tarkibiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yangi majburiy talabni joriy etish bo‘yicha barcha manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish bir ovozdan ma’qullandi.

Futbol mutasaddilarida dunyodagi barcha klublarga o‘z asosiy jamoalari tarkibida 20 yoshgacha (U-20) yoki 21 yoshgacha (U-21) bo‘lgan kamida bir nafar o‘z tarbiyalanuvchisini maydonga tushirish majburiyatini yuklash g‘oyasi paydo bo‘ldi. Hozircha bu shunchaki niyat — yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q.

Ushbu majburiy talabni joriy etish bo‘yicha taklif kelasi yili FIFA Kengashi muhokamasiga qo‘yiladi.

Ўхшаш янгиликлар