"Nyukasl" o'z yetakchisi uchun "Bavariya"dan 75 million funt so'ramoqda

  • Mr.NoBoDy 21.04.2026 10:08
  • 292
  • 30

The Times ma'lumotlariga ko'ra, "Nyukasl" "Bavariya"ga Entoni Gordonni sotish bo'yicha muzokaralarni boshlashga tayyor.

Buning uchun nemis klubi kamida 75 million funt taklif qilishi lozim bo'ladi. Avvalroq vinger o'z atrofidagilarga Myunxen klubiga o'tishga tayyor ekanligini aytgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

"Bavariya" 25 yoshli o'yinchini bu yozdagi asosiy transferlardan biri sifatida ko'rib chiqmoqda.

Ayni vaqtda "Bavariya" Gordon uchun kurashda yaqqol favorit hisoblanmoqda. Gordonning agentlari yaqin vaqt ichida "Bavariya" vakillari bilan uchrashishi mumkin.

Joriy mavsumda Entoni APLda 26 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Ўхшаш янгиликлар