Luka Modrich Xorvatiyada 14-marta "Yil futbolchisi" deb topildi

  • Mr.NoBoDy 21.04.2026 09:32
  • 556
  • 30

"Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich Xorvatiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

U bu mukofotni 14-marta qo'lga kiritdi. Qizig'i shundaki, Modrich Xorvatiyada 10-yil ketma-ket eng yaxshi futbolchi deb etirof etilmoqda.

Modrich 2025 yil yozida "Milan"ga erkin agent sifatida o'tgan. Joriy mavsumda Luka "Milan" safida 35 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Avvalroq futbolchi "Real"da o'ynagan. "Qirollik klubi"da 13 yil davomida Modrich 6 marta Chempionlar ligasini, 4 marta Ispaniya chempioni bo'lgan, 2 marta Ispaniya Kubogini yutib olgan. Shuningdek, 39 yoshli yarim himoyachi 5 marta Ispaniya Superkubogi, klublar o'rtasidagi jahon chempionati va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan.

Ўхшаш янгиликлар