Joriy mavsum APLni tark etgan ilk jamoa ma'lum

  • Mr.NoBoDy 21.04.2026 07:32
  • 43
  • 30

"Vulverxempton" APL 33-turidan keyin Angliya Premer-ligasini tark etdi.

Bu holat "Kristal Pelas" va "Vest Xem Yunayted" o'rtasidagi o'yin durang (0:0) bilan tugagandan keyin sodir bo'ldi.

Besh tur qolganida "bo'rilar"ning hisobida atigi 17 ochko bor. 17-o'rinda turgan "bolg'achilar" "Kristal Pelas" bilan durang o'ynadi va 33 ochko to'pladi. Shu tariqa Uest-Midlends grafligi jamoasi joriy mavsum yakunlariga ko'ra elitani saqlab qolish uchun matematik imkoniyatni yo'qotdi.

Hozirda autsayderlar zonasida "Tottenxem Xotspur" (31 ochko) va "Byornli" (20 ochko) ham bor.

Ўхшаш янгиликлар