"Yuventus" "Barselona" hujumchisi Bardagjini ijaraga olmoqchi

  • Mr.NoBoDy 19.04.2026 13:16
  • 187
  • 30

"Yuventus" "Barselona" hujumchisi Runi Bardagjini ijaraga olmoqchi.

Turinliklardan tashqari, "Monako”, "Portu" va "Betis" ham qanot hujumchisini sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

Bardagjining o'zi yozda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun ijara variantini ko'rib chiqishi mumkin. Ayni paytda "Barselona" futbolchini hatto ijaraga ham qo'yib yubormoqchi emas. Bundan tashqari, “ko'k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ham futbolchidan juda mamnun.

20 yoshli Bardagji 2025/26 yilgi mavsum La Liga mavsumida 16 ta o'yinda bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар