
– Avvalo, "Paxtakor"ning uch ochkoni qo'lga kiritgani bilan tabriklaymiz. Bugungi o'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?
– Yaxshi o'yin bo'ldi. "Dinamo" – kuchli jamoa, lekin biz 90 daqiqa davomida faol harakat qildik. Bazi xatolarga yo'l qo'ydik, ammo futbolda bu tabiiy holat. Bashar uchun xursandman, u ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Har bir o'yinda g'alaba qozonishda davom etamiz va chempion bo'lamiz.
– Hozirgi jismoniy holatingizni qanday baholaysiz? Chunki Iroq terma jamoasidagi o'yinlar va undan keyingi bayramlardan so'ng katta tanaffus yuzaga keldi va siz maydonga tushmadingiz.
– Ha, men taxminan 15 kun o'ynamadim. Bu juda qiyin holat. Chunki Iroq, Meksika va O'mon o'rtasidagi parvozlarga 25 soat vaqt ketdi. Bu, albatta, insonni charchatadi. Lekin hozir men tayyorman. Hammasi joyida. Keyingi uchrashuvlarda ham to'liq tayyor holatda bo'laman.
– Boliviyaga qarshi o'yindagi so'nggi hushtak chalinganidan keyingi lahzalarda nimalarni his qildingiz? 42 yildan so'ng yo'llanmani qo'lga kiritish qanday hissiyot bag'ishladi?
– Bu tuyg'uni sizga qanday tushuntirishni ham bilmayman. O'zimni xuddi tush ko'rayotgandek his qilyapman. Hakam o'yin yakunlanganini bildiruvchi hushtakni chalganida... bunga ishonish qiyin edi. Lekin, albatta, men juda baxtliman. Biz ko'p yillardan beri Jahon chempionatida o'ynamayotgan edik. Endi bu barcha futbolchilar, butun mamlakatimiz uchun juda katta imkoniyat. Bu hamma narsani o'zgartirib yuboradi. Inshaalloh, biz mundialda ham yaxshi ishtirok etamiz.