Maguayr to'rtinchi hakamni haqorat qilgani uchun diskvalifikaciya qilindi

  • Mr.NoBoDy 16.04.2026 16:24
  • 274
  • 30

"Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayr yana bir o'yinga diskvalifikaciya qilindi va 30 000 funt miqdorida jarimaga tortildi.

Endi u "Yunayted"ning shu shanba kuni bo'lib o'tadigan "Chelsi"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi.

Himoyachi mart oyida "Bornmut"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olgani uchun jazolangan. U chetlatilganidan keyin to'rtinchi hakamni ham haqorat qilib chiqib ketgani ma'lum bo'ldi. Shundan so'ng Mustaqil tartibga solish komissiyasi yana bir jazo tayinlashga qaror qildi.

"Stemford Brij"dagi o'yin "Yunayted" uchun eng muhim o'yinlardan biri bo'lib, ular Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishga intilmoqda. Jamoa londonliklardan 7 ochko oldinda bormoqda.

Ўхшаш янгиликлар