Navro'zbek Iminjonov: "Muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi"

  • Mr.NoBoDy 16.04.2026 12:48
  • 165
  • 30

Proliga 3-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "TerDU" (3:1) uchrashuvidan so'ng bekobodliklar hujumchisi Navro'zbek Iminjonov fikrlarini bildirib o'tdi.

22 yoshli futbolchi bahsda ikkita to'p kiritib, eng yaxshi futbolchilardan biri bo'ldi.

“O'yinimiz a'lo darajada o'tdi. Dublga erishib, jamoam g'alabasida hissa qo'shganimdan mamnunman. Eng muhimi, muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Ular bizni mana shunday qo'llab-quvvatlashda davom etishsa, har doim g'alaba uchun o'ynashga harakat qilamiz.

Jamoaga moslashish jarayoni? Bu unchalik qiyinchilik tug'dirmadi. Akalarimiz, do'stlarimiz bilan bir jamoada to'p tepib kelganmiz. Maydonda bir-birimizni to'ldirib, o'zaro tushunib harakat qilyapmiz.

Navbatdagi turda "BuxDU" bilan to'qnash kelamiz. Ushbu o'yinga ham murabbiylar ko'rsatmasi asosida astoydil tayyorgarlik ko'ramiz. Bu o'yinda ham 3 ochko bizniki bo'ladi degan umiddaman”, – dedi Iminjonov.

Ўхшаш янгиликлар