
Bu haqda “El Mundo“ xabar berdi.
Ispaniya soliq idoralari "Minnesota"da o'ynaydigan kolumbiyalik futbolchini 2014 yilda "Monako"dan "Real"ga o'tganida soliq to'lashdan bo'yin tovlashda aybladi. Xames bu davrda mamlakat soliq rezidenti bo'lmaganini davo qildi, chunki u 2014 yil 22 iyulda Madrid klubiga o'tishi e'lon qilingunga qadar Monakoda yashagan va transfyerdan oldin Ispaniya bilan hech qanday aloqasi bo'lmagan.

Taqdim etilgan barcha hujjatlarga qaramay, soliq idoralari Xamesning dalillarini rad etib, u 2014 yilda Ispaniyada ancha ko'p daromad - "Real"dan 4,3 million evro va imij huquqlari uchun 11 million evro, Monakodan esa 2,2 million evro olganini ta'kidladi.
Xames 2014 yil davomida Monakoda kamida 202 kun yashaganini inkor etib bo'lmaydigan darajada isbotlagan va sud futbolchi himoyasining barcha davolarini qabul qildi. Markaziy iqtisodiy mamuriy sudining Xamesga qarshi 2020 yil 27 oktyabrda chiqargan qarori va barcha tegishli jarimalar bekor qilindi. Ispaniya g'aznachiligi endi Xamesga 3 million evrodan ortiq mablag'ni to'lashi shart bo'ladi.