
Xususan, ushbu yo'nalishga xususiy sektorni keng jalb etish, homiylik mexanizmlarini takomillashtirish va yangicha moliyaviy tizimni joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
Shu bilan birga, “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik subektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarorining mazmun-mohiyati xususida ham atroflicha so'z yuritildi.
Yig'ilish davomida klublar boshqaruvida shaffoflikni oshirish, mablag'larni maqsadli yo'naltirish, marketingni kuchaytirish muhim ekani takidlandi. Shuningdek, infratuzilmani doimiy yaxshilab borish, akademiyalar, ayollar va yoshlar futboliga e'tibor qaratish zarurligi yana bir bor qayd etildi.
Bundan tashqari, O'zbekiston chempionati uchrashuvlarida muxlislar uchun qulay sharoitlar yaratish, ichki turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish, stadionlarga ishqibozlarni keng jalb etish orqali klublar imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga ham to'xtalib o'tildi.
Yig'ilishda jamoalar vakillarining savollariga mutasaddilar tomonidan javob berilib, tegishli ko'rsatmalar berildi.

