"Arsenal" joriy mavsum ushbu natijaga erishgan yagona jamoa

  • Mr.NoBoDy 16.04.2026 10:08
  • 569
  • 30

"Arsenal" UEFA Chempionlar ligasi-2025/2026 mavsumida biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'lib qoldi.

Chorak finalning javob o'yinida "kanonirlar" "Sporting" bilan durang (0:0) o'ynadi va yarim finalga chiqdi.

Jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yin bir hafta oldin bo'lib o'tgan va londonliklar minimal hisobda (1:0) g'alaba qozongan edi. Mikel Arteta shogirdlari turnirda jami 12 o'yinda 10 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etdi (umumiy bosqichni ham hisobga olganda).

Chempionlar ligasi yarim finalida "Arsenal" "Atletiko" bilan o'ynaydi. Bir kun oldin "matraschilar" ikki o'yin yakuni bo'yicha "Barselona"ni (2:0, 1:2) engib, yarim finalga chiqqan edi.

Ўхшаш янгиликлар