
Chorak finalda londonliklar "Sporting"ni (1:0, 0:0) engib, turnirning eng kuchli to'rtta jamoasi qatoriga kirdi.
"Bu juda muhim lahza. Chempionlar ligasining eng kuchli to'rtta jamoasi qatoriga kirish - ulkan mehnat. Bu ajoyib kecha. Barcha muxlislarimiz uchun juda xursandman. Biz klub tarixida 140 yil ichida qilinmagan qadamlarni qo'ymoqdamiz [ikki mavsum ketma-ket yarim finalga chiqish]", - dedi Arteta TNT Sportsga bergan intervyusida.
Chempionlar ligasi yarim finalida "Arsenal" "Atletiko" bilan to'qnashadi.