
Mart oyida uning jamoasi uchta o'yin o'tkazdi va hammasida g'alaba qozondi: "Chelsi" (2-1), "Brayton" (1-0) va "Everton" (2-0).

Arteta bilan birga mukofotga nomzodlar orasida Eddi Xau ("Nyukasl"), Devid Moyes ("Everton"), Rejis Le Bris ("Sanderlend") va Fabian Xyurceler ("Brayton") bor edi.
"Arsenal" 31 turdan so'ng APL musobaqa jadvalida 70 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Jamoa 11 aprel kuni "Bornmut"ni qabul qiladi.