Chempionlik mentaliteti: Arbeloa Vinisiusga dam olish kuni berdi, ammo u mashg'ulot o'tkazishni afzal ko'rdi

  • Mr.NoBoDy 03.04.2026 18:48
  • 173
  • 30

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa payshanba, 2 aprel kuni Vinisius Juniorga rasman hordiq chiqarish imkoniyatini taqdim qildi.

"Diario AS" nashrining xabar berishicha, braziliyalik hujumchi dam olish imkoniyatidan voz kechishga qaror qildi. Rejalashtirilgan tanaffus o'rniga Vinisius klubning mashg'ulot bazasiga to'liq individual mashg'ulot uchun yetib keldi.

Mavsumning hal qiluvchi o'yinlariga tayyorgarligi bilan "qaymoqranglilar" yetakchi hujumchisi fidoyilikni namoyish etdi. Vinisius "Bavariya"ga qarshi bo'lajak Chempionlar Ligasi o'yiniga ajoyib jismoniy holatda kelishni maqsad qildi.

Shuni takidlash kerakki, Vinisius nihoyat muxlislar kutgan o'yinni namoyish eta boshladi: braziliyalik vinger ushbu mavsum Madrid klubi uchun 43 o'yinda 17 ta gol urdi va 13 ta assist qayd etdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar