"Bazada bir necha oydan buyon issiq suv yo'q. Rivaldo bilan bo'lgan holat qaytarilmasa bo'lgani" - Ilyos Zeytullaev yorildi

  • Mr.NoBoDy 03.04.2026 19:32
  • 160
  • 30

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev klubdagi moliyaviy haqida fikr gapirib o'tdi.

Bir necha kun avval "Bunyodkor"ning yaponiyalik legioneri Itsuki Urata bir necha oydan buyon maosh to'lanmayotgani tufayli jamoani tark etgani haqida xabar bergan edik. Kecha "Lokomotiv"ga qarshi kechgan o'yindan keyingi matbuot anjumanida Ilyos Zeytullaev moliyaviy holat bo'yicha batafsil ma'lumot berdi.

- Kecha OAV Itsuki Urata jamoani bir necha oydan buyon maosh to'lanmayotganligi tufayli tark etgani ma'lum qilindi. Har bir o'yindan so'ng sizga moliyaviy holat haqida savol berilmoqda. Klubdagi ahvol futbolchilar jamoani tark etishga borayotganchalik og'irmi? Holat haqida batafsilroq ma'lumot bersangiz...

- Barchangiz nima bo'layotganini ko'rib turibsiz. Men esa murabbiy sifatidagi nazarim bilan bo'lishmoqchiman. Urata jamoani tark etgan to'rtinchi futbolchi. Dastlab jamoani Dilshod Ahmadaliev tark etdi. Keyin esa italiyalik tahlilchimiz. U hozir B Seriyaning "Padova" klubida ishlamoqda. Yaxshiyamki, tahlilchi jamoa bilan yaxshi kayfiyatda xayrlashdi. U jamoani tark etayotganidan afsusda edi, ammo hozirgi holatimizda boshqa echim yo'q. Martin Shroler ham shu sababli jamoani tark etdi. U FIFAga murojaat qilgan. Mana endi Urata jamoamizni tark etdi va FIFaga xat yozdi. Men jamoamdan xavotirdaman. Men bosh murabbiyman. Bunday jiddiy savollar, ayniqsa moliyaviy holatimiz bilan bog'liq savollarni rahbariyatga bersangiz to'g'riroq bo'ladi. Ular savolingizga batafsilroq javob bera olishadi. Bosh murabbiy sifatida esa bir nechta futbolchilar va xodimlar klubni tark etishini katta yo'qotish deb qabul qilaman. Har bir yo'qotish biz qurayotgan loyihaga ta’sir o'tkazadi. Bu bizning kasbimiz, axir. Biz qanchalik professional bo'lmaylik, to'rt oydan buyon maosh olmayotgan har bir inson o'zgaradi. Hammamizning oilamiz bor. Men murabbiy sifatida shu narsa haqida ko'p o'ylayapman va xavotirdaman. Rivaldo bilan bo'lgan holat qaytarilmasa bo'lgani deb o'tiribman. Bilmadim. Bu haqda rahbariyatdan so'raganingiz maqul.

O'zingiz bilasiz, ko'pchilik insonlar futbolchilar ko'p oylik olishadi va hokazo deb gapirishadi. Sizlar esa futbolchilarning nimalar o'tib kelayotganini bilasiz va bu haqda savol beryapsiz. Ertaga biz tiklanish mashg'ulotlarini olib borishimiz kerak. Bir necha kundan so'ng "Mashal" bilan o'ynaymiz. Bazada bir necha oydan buyon issiq suv yo'q. Professional jamoa uchun g'alati holat. Ertangi mashg'ulotni qanday o'tkazib olishimizni bilmayman, ochig'i. Bunday davr mobaynida o'yinchilar jarohat olishi mumkin.

VIDEO

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar