
Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston futzal federatsiyasi mas'ul xodimlari kutib olishdi.
Ispaniyalik murabbiy shu erning o'zida matbout xizmatimizga qisqacha intervyu berdi:
“O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanganimdan xursandman. Menda bu mamlakat bilan bog'liq juda iliq xotiralar bor. O'zbek futzalida katta rivojlanish kuzatyapman, yangi avlod futzalchilari ulg'ayib kelmoqda. Mening kuzatuvlarimga ko'ra, O'zbekistonda futzal rivojlanishi uchun yaxshi sharoitlar yaratilmoqda. O'zbekiston futzalini yanada yuqori bosqichlarga olib chiqishda o'z hissamni qo'shish uchun imkoniyat berilganidan xursandman. Avvalambor, futzalchilar bilan yaqindan tanishishim, ularning mahorati, qobiliyati va salohiyatini o'rganishim lozim. Shunga muvofiq keyin mashg'ulotlar rejasini ishlab chiqamiz”, – dedi mutaxassis.

"O'zbekiston futzal federatsiyasi 6 aprel kuni poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasi anjumanlar zalida OAV vositalari vakillari, futzal jamoatchiligi ishtirokida O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyini tanishtiriv marosimini o'tkazadi. Unda O'FF rahbariyati, Oliy liga futzal klublarining murabbiylari ishtirok etishi kutilmoqda.
“Brifingda ispaniyalik murabbiyning terma jamoa bilan yaqin oradagi ish rejalari, mashg'ulotlar taqvimi, terma jamoa oldiga qo'yilgan maqsad, vazifalar borasidagi yangiliklarni bilib olasiz.
Taqdimot marosimi soat 11:00 da boshlanadi”, – deyiladi Futzal federatsiyasi bergan ma'lumotda.