
Taniqli jurnalist va insayder Grem Beylining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e'lon qilishicha, "Nyukasl" 25 yoshli himoyachisi Sandro Tonalining agentlari mijozlarining xizmatlarini "Real" prezidenti Florentino Peresga taklif qilgan.
Xabar qilinishicha, Tonali Angliyada qolishni istasa-da, uning atrofidagilar italiyalik futbolchining Madridga transferi ustida ishlamoqda.
Manbaga ko'ra, agar Rodri bilan shartnoma imzolanmasa, Sandro "qaymoqranglilar" uchun zaxira variant sifatida ko'rib chiqilmoqda. Tonalining agentlari "Real" rahbariyatiga "Nyukasl" yetakchisini 80 million funtga qo'yib yuborishga tayyorligini bildirdi. Bu narx "qirollik klubi" uchun muammo emas.
Biroq "Real" Tonali bilan muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti, chunki ular hali ham Rodrini qo'lga kiritish mumkinligiga ishonadi.
Yarim himoyachi ushbu mavsum "hakkalar" tarkibida 47 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli pas uzatdi.