FIFA Isroil futbol assosiasiyasiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

  • Mr.NoBoDy 20.03.2026 08:33
  • 299
  • 30

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) intizom qo‘mitasi Isroil futbol assosiasiyasini (IFA) ko‘plab qoidabuzarliklar uchun jarimaga tortdi, deb xabar bermoqda Lequipe FIFA rasmiy saytiga tayanib.

Jahon futbol tashkiloti Isroil futbol assosiasiyasini musobaqalardan chetlatmadi. Biroq intizom qo‘mitasi IFAni kamsitishga qarshi kurash bo‘yicha majburiyatlarni «jiddiy va takroriy ravishda buzgani» uchun 150 ming shveysariya franki (€165 ming) miqdorida jarimaga tortdi.

40 sahifalik qarorda Isroil futbolidagi qator irqiy kamsitish holatlari sanab o‘tilgan. Shuningdek, tashkilot assosiasiya «irqchilikni qoralovchi birorta ham ommaviy bayonot bermagani, hech qanday antidiskriminasiya kampaniyasini yo‘lga qo‘ymagani va arab yoki falastinlik futbolchilarni jamoalarga jalb etish bo‘yicha choralar ko‘rmagani»ni ta’kidlagan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar