Superliga. "Andijon" – "Mashal" 1:0 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 19.03.2026 16:32
  • 314
  • 30

Superliga 4-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Mashal" uchrashuvi boshlanmoqda

Superliga

4-tur

"Andijon" – "Mashal" 1:0 LIVE

Andijon. "Bobur Arena". 16:00

Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov

Yordamchi hakamlar: Shohrux Azamov, Aziz Isoqov

Zaxira hakami: Olim To'ychiboev

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Xayriniso Erkinova

Nazoratchi: Olimjon Abduvasilov

Komissar: Oybek Davletmurodov

Gol: Martin Boake 19, 1:0

"Andijon": 35.Rahimjon Davronov, 4.Igor Golban, 6.Aleksandre Andronikashvili, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 10.Dragan Cheran, 15.Nemanya Chalasan, 17.Azizbek Turg'unboev, 18.Damir Temirov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 27.Martin Boake, 77.Mahmudjon Mahamadjonov.

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 2.Odilbek Abdumajidov, 8.Jamshid Boltaboev, 9.Imeda Ashortia, 11.Humoyunmirzo Iminov, 19.Sayfiddin Sodiqov, 22.Usmonali Ismonaliev, 26.Muhammadkarim Toirov, 33.Doniyor Abdumannopov.

"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Zafarbek Akramov, 5.Samandar Ochilov, 9.Ibrohim G'anixonov, 10.Humoyun Murtozaev, 14.Abdul Rashid Abubakar, 15.Muhammadali Aliqulov, 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev, 69.Roman Xodjiev, 97.Avgustin Chidi Kvem.

Zaxira: 1.Azamat Soyibov, 4.Asadbek Xabibullaev, 7.Vlatko Stoyanovski, 8.Sardor Abduraimov, 13.Nuriddin Nuridinov, 18.Ilhomjon Abdig'aniev, 22.Nurjahon Muzaffarov, 34.Shahboz Jo'raev, 99.Rafael Viashima Ayagva.

Ogohlantirish: Ergash Ismoilov ("Mashal") 9

Chetlatish: Ibrohim G'anixonov 12

YANGILASH


27. Ustunlik maydon egalarida. 

22. Yana mezbonlarda gol urish uchun imkoniyat yuzaga keldi.

19. GOL. "Andijon" uchrashuvda hisobni ochdi. Himoyachilarning palapartish xatosidan so'ng Boake raqib darvozasiga yo'l topdi.

15. G'anixonov qasddan tirsak bilan o'ynadi degan xulosaga kelindi. Qizil kartochka o'z kuchida qoldi.

13. Referi VAR monitorida vaziyatni ko'ryapti.

12. CHETLATISH. Bu safar "Mashal" futbolchisi Ibrohim G'anixonov kurashda Golban bilan to'qnashdi. O'yinda VAR bor!

9. Yana Turg'unboevga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Ergash Ismoilov ogohlantirildi.

7. Hakam VAR monitorida vaziyatni ko'rgach qizil kartochkani bekor qildi.

5. Abdurashid Xudoyberganov VAR monitori oldiga ketdi.

4. CHETLATISH. Roman Xojiev katta tezlikdan oldinga o'tib ketgan Aziz Turg'unboevni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. VAR vaziyatni ko'rmoqda.

- O'yinga start berildi.

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa tayyor!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar