
Bugungi o'yinlar oldidan sobiq futbolchi Abduqahhor Hojiakbarovning fikrlari, taxminlarini tingladik.
"Buxoro" – "Dinamo" to'qnashuvi bu turning eng qiziqarli qarama-qarshiliklaridan biri hisoblanadi. Vadim Abramov boshchiligidagi "Dinamo" so'nggi o'yinlarda nafaqat natija, balki mazmun jihatidan ham ancha o'sganini namoyish qilmoqda. Jamoa raqiblariga jiddiy muammolar tug'diryapti.
Abramov jamoasi hozirgi shaklida chempionatdagi istalgan raqib uchun "qattiq yong'oq"qa aylangan. Shu bois, "Dinamo" bu mavsumda sovrindorlar qatoriga kirish uchun jiddiy davogarlardan biri sifatida qaralmoqda.
Imkoniyatlar — 45/55
"Andijon" – "Mashal". "Burgutlar" o'z muxlislari ko'z o'ngida g'alaba qozonmasa, uyat bo'ladi. Ularda shunday ajoyib qo'llab-quvvatlovchi ishqibozlar bor. "Andijon" uyda uch ochkoga ega chiqmasa, stadionga kelgan tomoshabinlar kechirmasa kerak.
Imkoniyat — 60/40