«Inter Mayami» KONKAKAF Chempionlar kubogidan chiqib ketdi (Videosharh)

  • Mr.NoBoDy 19.03.2026 12:44
  • 313
  • 30

«Inter Mayami» KONKAKAF Chempionlar kubogi 1/8 finalining javob uchrashuvida «Neshvill» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

O‘yinning 7-daqiqasida Lionel Messi hisobni ochdi — ushbu gol uning faoliyatidagi 900-si bo‘ldi. Biroq, 74-daqiqada Kristian Espinosa hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Dastlabki uchrashuvda jamoalar 0:0 hisobida durang qayd etishgan edi. Shu sababli, safardagi gol qoidasi evaziga «Neshvill» turnirning chorak finaliga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Xavyer Maskerano shogirdlari musobaqaning yarim finaligacha yetib borishgan va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Vankuver»ga 1:5 (0:2, 1:3) hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar