
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi amaldagi Amerika Kubogi sohibi hamda Yevropa chempioni o‘rtasidagi an’anaviy Finalissima bahsi bekor qilinganidan keskin noroziligini bildirdi. ESPN nashrining xabar berishicha, 38 yoshli hujumchi uchun ushbu uchrashuv muhim ahamiyat ega bo‘lgan edi.
Messi mazkur o‘yinni Jahon chempionatiga tayyorgarlikning asosiy bosqichi deb hisoblagan, shuningdek, o‘zining boy kolleksiyasiga yana bir sovrinni qo‘shib qo‘yishni maqsad qilgandi. Ammo uchrashuv o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
Dastlab Argentina va Ispaniya o‘rtasidagi bahs mart oyi oxirida Qatarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Biroq Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi sababli tashkilotchilar rejani o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
UEFA muqobil variant sifatida o‘yinni Madridning “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tkazishni taklif qildi, ammo Argentina tomoni bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamadi. Shuningdek, Madrid va Buenos-Ayresda ikki o‘yinli formatni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Yakunda tashkilotchilar 27 yoki 30 mart kunlari o‘yinni qabul qiladigan boshqa mos Yevropa arenasini topa olmadi.