Bolboyni yiqitgan Netu jazodan qutulib qoldi

  • Mr.NoBoDy 16.03.2026 20:40
  • 144
  • 30

"Chelsi" yarim himoyachisi Pedru Netu Chempionlar Ligasi doirasidagi PSJga qarshi o'yinda to'p uzatuvchi bola (bolboy) bilan sodir bo'lgan mojarodan so'ng jiddiy jazoga tortilmadi.

Nima bo'lgan edi?

Parijdagi "Park-de-Prens" stadionida o'tgan 1/8 final bahsida (2:5) mezbonlar ustozi Luis Enrike bolboyga to'pni raqibga bermaslikni buyurgan. Shundan so'ng Netu bolaning qo'lidan to'pni tortib olish uchun uni itarib yuborgan va o'smir maydonga yiqilgan edi.

UEFAning yakuniy qarori:

O'yindan so'ng futbolchi bolakaydan uzr so'raganini va unga o'z futbolkasini sovg'a qilganini aytgandi. Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, UEFA voqea yuzasidan intizomiy ish ochgan bo'lsa-da, yakunda portugaliyalik vinger sportga xos bo'lmagan xulq-atvori uchun faqatgina rasmiy ogohlantirish bilan qutulib qoldi. Unga nisbatan hech qanday diskvalifikaciya yoki moliyaviy jarima qo'llanilmadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar