Sardor Sobirxo'jaev: “80-90 foiz legioner murabbiy va futbolchilar Superligani juda kuchsiz deb o'ylab kelishadi”

  • Mr.NoBoDy 15.03.2026 16:16
  • 585
  • 30

"Paxtakor" yarim himoyachisi Sardor Sobirxo'jaev "Neftchi"ga qarshi O'zbekiston Superkubogi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– "Paxtakor" safidagi navbatdagi final – Superkubok oldidan fikrlaringiz…

– Birinchi navbatda, bu sovrinli o'yin. Bitta o'yin. Durang bo'lmaydi bu o'yinda. Shu bois ertaga muxlisbop o'yin bo'ladi deb o'ylayman.

– "Paxtakor"ning "Navbahor"ga qarshi kutilmagan mag'lubiyatidan keyin ko'pchilik futbol mutaxassislari aytishyaptiki, "Neftchi" favorit bo'lib qoldi, ularda g'alabali ceriya ham davom etib kelyapti. Bunga qanchalik qo'shilmaysiz va argumentlaringizni aytsangiz?

– Agarda ular favorit bo'lsa, bu bizga yaxshi. Ularda bosim ko'proq bo'ladi. Lekin "Navbahor" bilan o'yinda kutilmagan natija bo'ldi. Shunaqa o'yinlar bo'lib turadi. Masalan, o'tgan yili "Paxtakor" Neftchini Farg'onada 4:0 hisobida enggan.

– O'tgan yili ikkita o'yinda ham "Paxtakor" "Neftchi"ni mag'lub etgandi, ayniqsa, birinchi davradagi o'yinda imkon qoldirmagandi. Umumiy olganda, o'tgan mavsumdagi "Neftchi" bilan joriy mavsumdagi "Neftchi"ni solishtirsak, o'zgarishlar ko'pmi? Birinchi navbatda, bosh murabbiy o'zgargan. Umumiy olganda, bu yilgi "Neftchi"ni kuchaydi, deb hisoblaysizmi?

– "Neftchi" o'tgan yil ham kuchli edi. Masalan, o'tgan yilgi "Paxtakor" o'sha paytdagi "Neftchi"ni 4:0 hisobida yutadigan holatda emas edi. Shunaqa bo'lib qoldi. Tarkib o'sha-o'sha, lekin o'yin o'zgardi ularda. Levchenko paytida beshta himoyachi bilan ko'proq tayanchda o'ynashardi, hozir yangi murabbiy bilan to'p nazoratiga urg'u berishdi.

– "Paxtakor"ga o'tgan mavsum kelgan Pedro Moreyra jamoadan ketganiga deyarli bir yil bo'ladi, Pedro Moreyrada nima o'xshamadi deb o'ylaysiz?

– Mening fikrim, O'zbekistonga keladigan 80-90 foiz legioner murabbiy va legioner futbolchilar O'zbekiston chempionatini juda kuchsiz deb o'ylaydi. Mening fikrimning birinchisi shu. Sal mensimasdan qaradi deb o'ylayman. Kamoliddin Tojiev chempionatimiz qanaqa darajada kuchliligini biladi. Men Angliya Premer-ligasiga tenglashtirmoqchi emasman, lekin o'ziga yarasha kuchli.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar