Messi nima uchun MLSning bugungi o‘yinini o‘tkazib yuborgani ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy 15.03.2026 15:22
  • 352
  • 30

«Inter Mayami» MLS muntazam chempionati doirasida safarda «Sharlott» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

«Qoplonlar» hujumchisi Lionel Messi, shuningdek yarimhimoyachi Rodrigo De Paul mazkur uchrashuv uchun qaydnomaga kiritilmadi.

Murabbiylar shtabi ularga KONKAKAF Chempionlar kubogi 1/8 finalidagi «Neshvill»ga qarshi javob uchrashuvi oldidan dam berdi. Bu o‘yin chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Jamoalar o‘rtasidagi ilk bahs 0:0 hisobida yakunlangan.

«Bu — murabbiylar shtabi qabul qilishi kerak bo‘lgan qarorlardan biri. So‘nggi vaqtlarda juda ko‘p o‘yin o‘tkazyapmiz — chorshanba va shanba kunlari. Oldimizda esa uyda juda muhim o‘yin bor. Shuning uchun [bosh murabbiy] Xavyer Maskerano va murabbiylar shtabi buni eng to‘g‘ri qaror deb hisobladi. Bu jamoaviy qaror edi», — dedi o‘yindan keyin «Inter Mayami» bosh murabbiyi yordamchisi Xavyer Morales.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Maskerano hakamdan ikkita sariq kartochka olganidan keyin maydondan chetlatildi.

AQSH. MLS, 4-tur
«Sharlott» — «Inter Mayami» — 0:0 (0:0)

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar