"Liverpul” Alisson bilan shartnomani uzaytirdi

  • Mr.NoBoDy 15.03.2026 12:08
  • 542
  • 30

"Liverpul"ning 33 yoshli braziliyalik darvozaboni Alisson Beker Arne Slot jamoasida qoladi.

Klub rahbariyati futbolchi bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatidan foydalangan.

Yangilangan bitim 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Alisson "Liverpul” safida 2018 yildan buyon o'ynab kelmoqda.

Joriy mavsumda darvozabon mersisaydliklar safida barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda maydonga tushdi. Alisson 12 o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar