Shackix rasmiy debyutida qaqshatqich mag'lubiyat qabul qildi

  • Mr.NoBoDy 07.03.2026 22:08
  • 735
  • 30

U murabbiylik qilayotgan klub tarkibida o'zbekistonlik futbolchi Farhod Bekmurodov va o'tgan mavsumni Toshkentning "Lokomotiv" klubida o'tkazgan Akaki Shulaya to'p tepadi.

Qirg'iz Respublikasi Yuqori ligasining 1-turi doirasida Maksim Shackix boshqaruvidagi "Aziya" klubi o'z maydonida "Talant" jamoasini qabul qildi. O'zbekistonlik mutaxassis uchun rasmiy debyut sanalgan mazkur uchrashuv mezbonlarning yirik hisobdagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.

Aslida o'yin "Aziya" uchun umidli boshlangan edi. Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Agapov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Biroq tez orada tashabbusni o'z qo'liga olgan mehmonlar birinchi bo'limning o'zidayoq ikkita gol urishga muvaffaq bo'lishdi. 13-daqiqada Karvackiy muvozanatni tiklagan bo'lsa, 26-daqiqada Kobaxidze jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo'limda ham ustunlikni bermagan "Talant" futbolchilari Polanko (59-daqiqa) hamda Murzakov (74-daqiqa) tomonidan kiritilgan gollar evaziga hisobni yirik ko'rinishga keltirishdi. Shu tariqa, Shackix shogirdlari mavsumni o'z uyidagi alamli mag'lubiyat bilan boshlashdi.

Qayd etish joiz, "Aziya" tarkibida o'zbekistonlik futbolchi Farhod Bekmurodov va o'tgan mavsumni Toshkentning "Lokomotiv" klubida o'tkazgan Akaki Shulaya to'p tepadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar