
Fabricio Romanoning malum qilishicha, "Barselona" va Franciya terma jamoasining 27 yoshli markaziy himoyachisi kecha Ispaniya Kubogida "Atletiko"ga qarshi o'yin (3:0) paytida chap oyoq ikki boshli son mushagining bir qismidan jarohat olgan.
Xabar qilinishicha, hozircha Kundening tiklanish muddati bo'yicha aniq jadval yo'q. Biroq agar organizm davolashga yaxshi javob bermasa, reabilitaciya bir necha hafta davom etishi mumkin.
Bu esa eng yomon holatda Kunde 2026 yilgi Jahon chempionatining boshlanishini o'tkazib yuborishi mumkinligini anglatadi.
Jyul ushbu mavsum kataloniyaliklar safida 40 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.