Jaba Jigauri: "Qizilqum" g'alabaga munosib edi"

  • Mr.NoBoDy 05.03.2026 16:40
  • 391
  • 30

"Qizilqum" yarim himoyachisi Jaba Jigauri "Andijon" ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida...

- O'ylaymanki, tomoshabinlar yaxshi va qiziqarli o'yin guvohiga aylanishdi. "Qizilqum" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. O'ylaymanki, g'alabaga munosibligimizni ko'rsata oldik. Birinchi bo'limda o'yinimiz tartibli chiqdi, ikkinchisida esa ayrim xatolar kuzatildi. Umuman olganda raqibda yuz foizlik vaziyatlar yuz bergani yo'q. Haqli tarzda yutdik. 

- Kecha raqibni yaxshi o'rganilgani samara berdimi yoki g'alabada boshqa faktorlar ham bormi?

- Ha, "Andijon" birinchi turda g'alaba qozondi. Tarkibda yaxshi darajadagi futbolchilar bor. Raqibni yaxshi o'rgangandik. Ularning uzun paslar bilan o'ynashi malum edi. Hujumchilari ikkinchi to'pga ega chiqishga harakat qildi. "Qizilqum" iroda ko'rsatdi deb aytish mumkin. 

- Mazkur g'alabani bahorgi quvnoq va ishtiyoqli futbol fonida qo'lga kiritildi deyish mumkinmi?

- Superliga juda uzun va qiyin chempionat. Istalgan jamoaga qarshi o'ynasangiz ham muammoga duch kelasiz. Hamma katta xohish bilan o'ynaydi. Shunday ekan nafaqat bizga balki qolgan jamoalarga ham oson emas. Har bir uchrashuvga g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

- Uchinchi turda "Mashal" bilan o'ynaysizlar...

- Keyingi bellashuv "Mashal"ga qarshi. Yuqoridagi fikrimda qolaman. Allaqachon bu to'qnashuvga hozirlikni boshlaganmiz. 3 ochkolik yurishimizni davom ettirishni istaymiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar