
"Ulardan biri 1996-yilda tug'ilgan Akobir Qayumovdir. Turli yillarda "Sho'rtan", "Xorazm" va "FarDU" singari jamoalar darvozasini qo'riqlagan posbon joriy yilning oxirigacha biz bilan bo'ladi.
Shuningdek, 2006-yilda tug'ilgan Jahongir Bo'riev bilan kelishuvga erishildi. U "Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shu kungacha "Olimpiya", "Navbahor" va "Olimpik" tarkibida o'ynagan futbolchi 2023-yilda o'tkazilgan U17 jahon chempionatida ham ishtirok etgan edi", - deyiladi klub tomonidan taqdim etilgan xabarda.